Konstitutsiya – davlatning аsosiy qonuni
Uztransgaz
06.12.2023

"O‘ztransgaz" AJ Ijroiya apparatida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan tarix fanlari nomzodi, dotsent I.Xayitov mamlakatimiz Bosh Qomusining yaratilish tarixi va unda qamrab olingan jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Taʼkidlanganidek, Konstitutsiya — davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. Davra suhbatida shuningdek, Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati va o‘rni haqida batafsil to‘xtab o‘tildi.
