jins

Uztransgaz

12.04.2023

( I qism) O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.

(II qism) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

(III qism) Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi.

Bu moddada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini davlatdan tashqariga chiqarib yubormasligi va boshqa davlatga bermasligi belgilab qo‘yilmoqda. Konstitutsiyaga mazkur normani kiritilishi fuqarolarimizni ekstraditsiya qilmaslik va himoyasini taʼminlashga xizmat qiladi.

Sodda tushuntiramiz. Masalan, qaysidir yurtdoshimiz chet elda nimadir jinoyatga aralashdi. U O‘zbekistonda qo‘lga olindi. Jinoyat sodir etilgan davlat uni o‘zlariga berishni so‘ragan taqdirda ham davlat o‘z fuqarosini himoyasiga oladi va uni ekstraditsiya qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalarga asosan, davlatlar o‘z fuqarolarini ushlab berishni rad etishi jinoyatchini jazosiz qolishini anglatmaydi. Ana shu modda Konstitutsiya bilan mustahkamlanmoqda.

Davlat o‘z fuqarolarini, jumladan chet elda ishlab yashayotganlarni ham o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi, ular bilan aloqalarni rivojlantiradi va doimiy himoyalaydi. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlarga nisbatan eskicha qarashlarga barham berilyapti. Yaʼni uzoq yillar xorijdagi o‘zbeklarga dushmandek qaralgan, ular bilan munosabatlar “sovuqlashgan”. Endilikda davlat xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga masʼul bo‘ladi, jamiyat rivojida ularning ishtirokini taʼminlashga to‘sqinlik qilmaydi. Mazkur qoida Konstitutsiyaviy darajada belgilanmoqda.

Возврат к списку