Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish: 26-modda
Uztransgaz
19.04.2023
(I qism) Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
(II qism) Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
(III qism) Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar inson qadrini taʼminlashda, ularni har qanday vaziyatda ham, hattoki tergov paytida ham himoya qilishga asos va poydevor bo‘ladi. Ochiqlikka, inson huquqlarini qatʼiy himoyasiga qadam bosildi, va buning asosiy qonunda mustahkamlab qo‘yilishi bu ishlar vaqtincha emas, tizimli va ortga qaytmas jarayon ekanini ko‘rsatadi.