Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida tibbiyot niqoblari beg‘araz yetkazib berilmoqda
24.03.2020
Ma’lumki, jamiyat uchun ham, shaxs uchun ham xavfsizlikni ta’minlash hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu borada o‘zimizni o‘zimiz asrashimiz katta ahamiyat kasb etib, har bir fuqaroning ogohligi muhim bo‘lib bormoqda.
Mamlakatimizga kirib kelgan Koronavirus epidemiyasini oldini olish maqsadida respublikamizning barcha xududlarida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shu jumladan "O‘ztransgaz" AJ tarkibidagi Xorazm viloyatida joylashgan "Urganchtransgaz" UKning tikuvchilik sexida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Ishlab chiqarilgan tibbiyot niqoblari, eng avvalo kam ta’minlangan oilalarga, tibbiyot muassasalariga, mehribonlik uylariga va maxsus harbiy qismlarga beg‘araz yetkazib berilmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati