Korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari sohasidagi bilimlarini takomillashtirish uchun...
Uztransgaz
16.06.2022
"O‘ztransgaz"AJ Xaridlar departamenti va hududiy korxonalarning shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi O‘quv markazida malaka oshirish kurslarini o‘tamoqda. O‘quv kursi korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari sohasidagi qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadiga xizmat qiladi.

"Davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi" mavzusida o‘tayotgan o‘quv kursida xaridlar jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari, jarayonga doir umumiy talablar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha savdoni amalga oshirish tartib-qoidalari, jarayonda korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqalar bo‘yicha maʼruzalar shuningdek, "Shaffof qurish" milliy axborot tizimi va XT-xarid platformasida ishlash tartib-qoidalari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazilyapti. 1 hafta davom etadigan mashg‘ulotlar yakunida xodimlarga malaka oshirganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.