Korrupsiya - illat!
Uztransgaz
10.03.2023
Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasining Xo‘jaobod hamda Namangan tarmoq ekspluatatsiya punktlarida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish” mavzusida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Muhandis-texnik hamda ishchi xodimlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha 3-4 bosqichda o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni takrorlamaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.