jins

Uztransgaz

16.06.2022

Korrupsiya - har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, natijada inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

"O‘ztransgaz" AJ tizimida ham bu borada qator ishlar olib borilyapti. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ichki nazorat tuzilmasi korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish uchun masʼul hisoblanadi. Lekin bu ishda xodimlarning ishtiroki ham muhim hisoblanadi. 

Shu kunlarda Komplaens-nazorat bo‘limi masʼullari Boshqaruv raisi B.Narmatovning buyrug‘i bilan tasdiqlangan dastur asosida "O‘ztransgaz" AJda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. "O‘ztransgaz" AJ korxona va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbir sifatida  G‘allaorol, Samarqand va Kogon MGQBlarida o‘tkazilgan davra suhbatlarida ham- tizimda korrupsiyaga yo‘l quymaslik va uning oldini olish choralari, bunda har bir xodim hamda ishchi masʼul ekanligi haqida so‘z yuritildi.




Возврат к списку