Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Uztransgaz
27.09.2024

Xabar berilganidek, Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "Oqqo‘rg‘on" gaz taqsimlash stansiyasida kuz-qishga tayyorgarlik ishlari doirasida ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Oqqo‘rg‘on va Bo‘ka tumanlaridagi 18 340 ta aholi xonadoni hamda 300 ga yaqin ulgurji iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib beruvchu stansiyada bosim rostlash uskunasi ajratilmoqda.

Ta'mirlash ishlari natijasida stansiyadagi 2 ta aholi tarmog‘ining birontasida ta'mirlash ehtiyoji paydo bo‘ladigan holatda ikkinchi tarmoq iste'molchilarining gaz ta'minotidan uzilmasligiga erishiladi.
