Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Uztransgaz
10.07.2023

Xo‘jaobod GЕOSIda ekspluatatsion gaz quduqlari orqali XIX-XXII qatlamlarga gaz haydash jarayoni davom etmoqda. Qatlamlarga yig‘ilayotgan gaz miqdorini aniqlash maqsadida gaz quduqlarining bosim ko‘rsatkichlari har 10 kunda o‘lchab qayd etib borilyapti. Ko‘rsatkichlar qiyosiy tahlil qilinmoqda.

"Shimoliy So‘x" GЕOSIda xam kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Rejaga muvofiq chiziqli gaz kompressor stansiyasida 700 millimetrli kranlar taftishdan o‘tkazildi.

Texnologik qurilmalarning uzoq muddat xizmat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida gaz sovitish qurilmalarida bo‘yoqlash ishlari davom etmoqda.