jins

Uztransgaz

23.08.2021

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat koʼrsatiladigan gaz taqsimlash stantsiyalarida ham 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari reja asosida davom ettirilyapti. 

“Kattaqoʼrgʼon” va "Samarqand shimoliy" gaz taqsimlash stantsiyalarida rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirilayotgani fikrimizga dalil. Xususan, "Dagbit" aholi oʼlchov tarmogʼidagi quvurga ulangan isteʼmolchilar soni ortgani munosabati bilan oʼlchov tarmogʼi kattaroq diamerli quvurga almashtirildi. Natijada ishlab chiqarish quvvati oshirildi.

Stantsiyalardagi mavjud texnologik qurilmalarning barchasi taftishdan oʼtkazilib, boʼyoqlash ishlari olib borilayotgani ham ayni muddao boʼlmoqda. Bu yumushlar havo sovuq kunlarida stantsiyalarning barqaror ishlashida muhim omildir.

Возврат к списку