Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avjida
10.08.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4407-sonli qarori ijrosini, hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan 5 sentabrda respublika ijtimoiy soha ob’ektlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini 2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlashga bag‘ishlangan majlisda berilgan topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan “O‘ztransgaz” AJ tomonidan magistral gaz quvurlari tizimida bugungi kunda tabiiy gaz yetkazib berilishini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, jamiyat tizimdagi magistral gaz quvurlarini xavfsizligini ta’minlash, ishonchliligini oshirish, kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida, Niderlandiyaning “Rozen” kompaniyasi texnologiyasi yordamida quvur ichki sirti diagnostikasi ishlari bajarilib, olingan tahlillarga tayangan holda nuqsonlar bartaraf etilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida, diametri 1020 mm bo‘lgan “Sho‘rtan – Muborak” magistral gaz quvurning 27 kilometr qismida aniqlangan 1 892 ta nuqsonli joylar iste’molchilarni tabiiy gazdan ajratmagan holda to‘liq bartaraf etildi.
Xuddi shunday, Samarqand viloyatida diametri 1020 mm bo‘lgan
“BGR-TBAA”, Xorazm viloyatida diametri 1020 mm bo‘lgan “Buxoro-Ural” va Qoraqolpog‘iston Respublikasida diametri 1020 mm bo‘lgan “SAS-II” magistral gaz quvurlarning mukammal ta’mirlangani fikrimizga dalildir.
Shuningdek, reja doirasida Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda boshqa ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni yaxshilash maqsadida, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan Yangier kompressor stansiyasi va “Yangier-Ohangaron” magistral quvuri oralig‘idagi diametrlari 426 mm,
720 mm va 1020 mm bo‘lgan “Xovos-Farg‘ona” magistral quvurlarning tabiiy gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun 17 km uzunlikdagi quvurlar diametri
1220 mm bo‘lgan gaz quvurlariga almashtirildi. Maxsus qurilish tashkilotlari jalb etilgan mazkur loyixa bo‘yicha joriy yilning 28 – sentabr kuni gaz transport tizimiga ulanish jarayoni yakunlanib, tarmoq ishga tushirildi. Bu tadbirni amalga oshirish uchun jamiyat tomonidan 73,0 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Natijada quvurning ishonchliligi ta’minlangan holda tabiiy gaz o‘tkazuvchanligi 1,5 barobarga oshirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 martdagi 1943-sonli “Namangan viloyatida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi doirasida “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi”dagi ikkita bug‘-gaz qurilmasini tabiiy gaz bilan ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilib, “To‘raqo‘rg‘on IES” gaz taqsimlash stansiyasi qurib ishga tushirildi. Loyiha qiymati 15 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi ushbu gaz taqsimlash stansiyasining umumiy maydoni 0,32 gektarni tashkil etadi. 2 ta o‘lchov tarmoqli ushbu gaz taqsimlash stansiyasining quvvati soatiga 180 ming kub metr bo‘lib, yiliga o‘rtacha
1,5 mlrd. kub metr tabiiy gazni “To‘raqo‘rg‘on IES” iste’moli uchun yetkazib bera oladi.