jins

Uztransgaz

22.04.2022

"O‘ztransgaz" AJ Gazli MGQBdagi  DKS-5 kompressor stansiyasida olib borilayotgan taʼmir ishlari ham shu tadbirlar sirasidan. (Bu stansiya respublikamiz magistral gaz quvurlari tarmog‘idagi muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lib, Gazli gazni yer ostida saqlash inshootidan shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududidan kirib keluvchi tabiiy gazni Kogonga va u orqali markaziy hududlarga yetkazib berishda asosiy o‘rin tutadi).

Stansiyani kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida o‘tkazilayotgan taʼmirlash ishlari jarayonida qurilmalar obdon nazorat qilinib, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish choralari ko‘rilyapti. Bu yumushlar  boshqarmaning muhandis va ishchi-xodimlari hamda "Enter enjineering" kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda bajarilmoqda.




Возврат к списку