jins

Uztransgaz

23.09.2021

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida 2021-2022 yil kuz-qish mavsumida tizimning barqaror va betalafot ishlashini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Gaz taqsimlash stantsiyalar bo'limi tomonidan  “Urgut-Tayloq” GTSni  mavsumiga tayyorlash maqsadida kerakli texnologik qurilmalar taftishdan oʼtkazilib taʼmirlandi. Hozirda boʼyoqlash ishlari ketmoqda. 

Tarmoq ekspluatatsiya xizmati tomonidan  “Shoʼrtan-Sirdaryo” magistral gaz quvurining ichki qismini tozalash ishlari shular jumlasidan. Maqsad - “Shoʼrtan-Sirdaryo” magistral gaz quvuri orqali “Sirdaryo issiqlik elektrostantsiyasi”ga tabiiy gazni bir meʼyorda yetkazib berish. sifatini yaxshilash  va texnologik yoʼqotishlarning oldini olishdan iborat. Hozirda “Shoʼrtan-Sirdaryo” magistral gaz quvurining belgilangan nuqtalarida postlar tashkil qilingan boʼlib, 189-km.gacha qismida tozalash ishlari  olib borilyapti. 







Возврат к списку