jins

Uztransgaz

02.06.2021

“Gazli” magistral gaz quvurlari boshqarmasida gaz o‘tkazish qurilmalarini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 82 punktdan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, shu kunlarda belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.

Uning doirasida boshqarmaning DKS-4 kompressor stantsiyasini kapital ta’mirlash ishlari ham ko‘zda tutilgan. Kuni-kecha ana shu tadbirni loyihalashtirib olish maqsadida "Enter Engineering" mutaxassislari bilan birgalikda ob’ekt o‘rganib chiqildi. Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Gazli-Kogon magistral gaz quvurida esa yangi tarmoqning ham ish boshlashi kutilmoqda.

Возврат к списку