jins

Uztransgaz

11.06.2021

Bugun Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining DKS-4 tsexi hududi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Ob’ektni 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida to‘la quvvat bilan ishlatish, ishlab-chiqarish quvvatlarini tiklash va rekonstruktsiya qilish maksadida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda. Boshqarma muhandis texnik xodimlari asosiy pudratchi tashkilot “Enter Engineering Rte. Ltd” va qo‘shimcha pudratchi tashkilot sifatida jalb etilgan “Buxoroneftgazqurilish” AJ mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar muhokama qilinmoqda.

Hamkorlikda tayyorlangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha chora-tadbirlarning 1-bosqichi 14 sentyabrda, 2-bosqichi 1 noyabrda va qolgan tsexlar bilan kompleks yondashgan holda umumiy ishlar 1 dekabrda nihoyasiga etkaziladi. Natijada Respublika gaz uzatish tizimlarining muhim qismida joylashgan Gazli uchastkasini kelgusi mavsumda xavfsiz va barqaror ishlatish kafolatlanadi.


Возврат к списку