jins

Uztransgaz

09.09.2022

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli DKS-5A sexida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlar olib borilmoqda.  Xususan,  sexning kirish separatorlaridagi yaroqsiz holga kelgan drenaj quvurlarini almashtirish ishlari bajarilyapti.  

Shuningdek,  boshqarma mutaxassislari tomonidan “gaz quritish uskunasi” (GQU) sexi ko‘zdan kechirildi.  2022/2023-yilgi kuz-kish mavsumida to‘xtovsiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida GQU sexi kirish qismidagi separatorning ichki qismini tozalash ishlari bajarildi.




Возврат к списку