Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Uztransgaz
02.07.2025

"So‘x-Namangan" magistral gaz quvurining 2-tarmog’ida o‘tkazilgan shurflash usulidagi nazorat ishlari davomida quvurning 55-kilometrida nuqsonli joylar borligi aniqlangan edi. Farg’ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari olib borgan olovli ishlarda tarmoqdagi 50 metrga yaqin nuqsonli quvur almashtirildi. Bu tadbir tarmoqning ishonchliligini oshirib, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda uzluksizlikka xizmat qiladi.


