jins

Uztransgaz

18.08.2022

“Enter Engineering” kompaniyasi xodimlari tomonidan DKS–4 sexining gaz haydash agregatlarini rekonstruksiya, modernizasiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish quvvatini tiklash bo‘yicha kommunikasiya tarmoqlari, shuningdek, DKS-4 sexining kirish va chiqish kommunikasiyalarini gaz-transport tizimiga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, DKS-5B sexida turbo kompressor agregatni taʼmirlash jarayoni ketmoqda. Agregatning o‘zgaruvchan oqim qismi (SPCh) labirintining latunli tiqinlarini (vtulka) almashtirish, ularga ishlov berish ishlarini amalga oshirilayotgani shu jumlaga kiradi.

«Gazli» MGQB Buxoro viloyati Romiton tumanida Buxoro shahridan 110km shimoli-g‘arbda joylashgan. Boshqarma «O‘ztransgaz» aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona bo‘lib, hozirgi kunda 966 xodim ishlamoqda. 

Gazli MGQB yozgi mavsumda gazni yer ostiga jamlashga, shimoliy yo‘nalishdan qabul qilinayotgan tabiiy gazni respublikamizning janubiy qismiga transportirovka qilish, tabiiy gazni eksport qilish va qishki mavsumda Gazli GEOSIda saqlangan gazni aholi va sanoat korxonalariga yetkazib berish orqali bir me’yorda ta’minlashga mo‘ljallangan.

Возврат к списку