Kuz-qishga tayyorgarlik
Uztransgaz
20.06.2023
1188 km magistral gaz quvurlari, kompressor stansiya, 10 ta gaz taqsimlash stansiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi Kogon MGQBda ham ayni damda kuz-qish mavsumiga tayyorlik ishlari qizg‘in. Xususan, ayni kunlarda 25-30 mln kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi, yirik stansiyalardan hisoblanmish Navoiy issiqlik elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Navoiy-4” gaz taqsimlash stansiyasida rekonstruksiya hamda modernizatsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.