Kuz-qishga tayyorgarlik: Zangiota tumanida gaz ta'minotini yaxshilash ishlari davom etmoqda
Uztransgaz
16.07.2024

Toshkent viloyati, Zangiota tumani "Quyoshli" gaz taqsimlash stansiyasida (GTS) tabiiy gaz quvurlarining nuqsonli qismlarini almashtirish ishlari qizg‘in ravishda olib borilmoqda. Bu tadbirlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tumandagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashni maqsad qiladi.




