jins

Uztransgaz

07.07.2023

Toshkent MGQBda muhandislik inshootlarini kuz-qish davrida ishonchli va samarali  ishlashga tayyorlash tadbirlari davom ettirilyapti. Ayni paytgacha "Ohangaron" gaz siquv stansiyasidagi ikkita gaz haydash agregati joriy ta’mirlandi va bir agregat texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Sanoat maydonidagi issiqlik tizimi quvurlarida ta’mirlash va qisman almashtirish ishlari bajarildi. Estakada kanallari bo‘ylab elektr kabellari ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilyapti. 

Boshqarmaning gaz tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan  magistral gaz quvurlaridan samarali hamda ishonchli foydalanish maqsadidagi ishlar doirasida shu kunlarda “Ohangaron-Olmaliq” gaz quvurining 64 km qismidagi berkitish moslamalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.




Возврат к списку