jins

Uztransgaz

17.08.2022


G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Muborak-Yangiyer magistral gaz quvurining havolab o‘tuvchi joylari, yer ostiga kirish-chiqish qismlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida izolyatsiya qilinib, ularni bo‘yoqlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent (DBST) magistral gaz quvurining 459-kilometri va DU-1220 millimetrli Yangiyer-Toshkent MG quvurining 56-kilometrini o‘zaro bog‘lovchi tarmoqni ulash ishlari ham olib borilyapti. 

G‘allaorol MGQB 1966-yilda tashkil etilgan. Boshqarma 3 ta kompressor stansiyasi va Yangier 3B-kompressor stansiyasi, 1317 km magistral gaz quvuri hamda 60 ta gaz taqsimlash stansiyasi, shuningdek, 7 ta gaz o‘lchov stansiyasiga xizmat ko‘rsatadi. Boshqarmada 600 ishchi-xodim mehnat qiladi.


Возврат к списку