jins

Uztransgaz

09.08.2024



Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi “Xatirchi” gaz taqsimlash stansiyasidagi qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Inshootdagi barcha uskunalar tarmoqdan ajratilib, tekshirib ko‘rildi. Bu tadbir gaz taqsimlash stansiyasidagi qurilmalarning to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. 

Stansiyada 3 ta tarmoq mavjud. Mazkur stansiyadagi tarmoqlar orqali  Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2394 ta, Xatirchi tumanidagi 9078 aholi xonadonlariga, sanoat tarmog‘idan esa 17 ta ulgurji isteʼmolchiga tabiiy gaz yetkazib beriladi. Texnik nazorat ishlari natijasi 11 500 ga yaqin isteʼmolchiga tabiiy gaz uzatish barqarorligia xizmat qiladi. 

Возврат к списку