"Luping O‘rta Osiyo-Markaz-4" magistral gaz quvurida porshen yuborish va qabul qilishga mo‘ljallangan 4 ta kamera yangidan qurildi
Uztransgaz
18.10.2024
“Urganchtransgaz” unitar korxonasining Akchalok, Tuley va Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan "Luping O‘rta Osiyo-Markaz-4" magistral gaz quvurida porshen yuborish va qabul qilishga mo‘ljallangan 4 ta kamera yangidan qurildi. Shu kunlarda barcha ishlar yakunlanib, kameralar shay holatga keltirildi.