Magistral gaz quvurini qoplab turgan qum-shag‘alni kovlaganlar jarimaga tortildi
Uztransgaz
22.07.2022
Samarqand Magistral gaz quvurlari boshqarmasi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari bilan birgalikda nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Tadbir davomida Sho‘rtan - Sirdaryo magistral gaz quvurining 214 km Zarafshon daryosi ustidan o‘tuvchi qismidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlanib, unga barham berildi va qazib oluvchilarga chora ko‘rildi.

2022-yil 20-iyul kuni shahar va tumanlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2 nafar huquqbuzar tomonidan noqonuniy qum-shag‘al va tuproq aralashmasi qazib olganligi, daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganligi aniqlandi. Bundan tashqari, ular Sho‘rtan - Sirdaryo magistral gaz quvurining 214 kilometri Zarafshon daryosi ustidan o‘tuvchi qismini qoplab turgan qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgani ham ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqbuzarlarning biriga O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ikkinchi huquqbuzarga 70-prim 1-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 12 mln so‘m jarima summasi belgilandi.