Magistral gaz quvurlari boshqarmasida idoralararo tekshiruv o‘tkazildi
Uztransgaz
24.08.2022
Zirabuloq MGQB obyektlarida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining hududiy vakillari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzildi. Bundan ko‘zlangan maqsad gaz-kompressor stansiyalarida sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir talablarning bajarilishini tekshirishdir.

Ishchi guruh Zirabuloq MGQBga qarashli KS-2 va KS-2a stansiyalarida sanoat, yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilish holatlarini nazoratdan o‘tkazgach, tegishli dalolatnoma tuzdi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan boshqarma obyektlarida sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilish holatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ushbu tekshiruvlar «O‘ztransgaz» AJ ning 2022-yil 11-avgustdagi 98-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.