jins

Uztransgaz

27.01.2022

27-yanvar kuni soat 18.00 holatga ko'ra "O'ztransgaz" AJ tizimi orqali tabiiy gaz yetkazib berish hajmi soatiga  7 079 ming metr kubni tashkil etmoqda.  

Shu jumladan olinayotgan tabiiy gaz hajmi;  

- gaz qazib oluvchi korxonalardan soatiga 5 473 ming metr kub, 
(25 yanvarь kuni soat 10.00 dagiga nisbatan 100%),

- GEOSIlardan olinayotgan tabiiy gaz hajmi  soatiga  847 ming metr kub.

 Farg'ona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz uzatuvchi Ohangaron KSda 27-yanvar kuni 
soat 11:00 da 1 ta GHA, 
soat 17:30 da yana 1 ta GHA ishga tushirildi.

Shu bilan tizimdagi mavjud kompressor stantsiyalaridagi elektr uzilishi tufayli to'xtab qolgan barcha gaz haydash agregatlarining ishi to'liq tiklandi.

Issiqlik elektr stantsiyalaridan  Taxiatosh IES tabiiy gaz bilan to'liq ta'minlandi. Navoiy, Sirdaryo, Tallimarjon, Toshkent va Yangi-Angren IESlarida hozirgacha tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasi 80 % ni tashkil etmoqda. Tabiiy gaz yetkazib berish  magistral gaz quvurlariga kirib kelayotgan bosim hajmiga qarab orttirib borilmoqda.

Farg'ona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz uzatuvchi magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi va hajmi ortishini hisobga olgan holda To'raqo'rg'on IESga tabiiy gaz uzatish  28-yanvar kuni ertalabki soatlarda yo'lga qo'yiladi.

Elektr stantsiyalariga zaruriy hajmlarda tabiiy gazni yetkazib berish maqsadida elektr ta'minoti uzilishi chog'ida ishdan to'xtagan sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hozircha yo'lga qo'yilmadi. AGTKShlariga esa navbati bilan tabiiy gaz uzatish davom ettirilmoqda.

“O'ztransgaz” AJ Axborot xizmati 

Возврат к списку