jins

Uztransgaz

17.11.2022

Toshkent  magistral gaz quvurlari boshqarmasi diametri 720 - 1220 mm bo‘lgan 750 km ga yaqin magistral gaz quvurlarga xizmat ko‘rsatadi. Bular jumlasiga “DBST” gaz quvurining salkam 60 km qismi, “Yangiyer-Toshkent” magistral gaz quvurining 120 km,  uzunligi 199,3 km bo‘lgan “Sirdaryo-TashGRES” magistral gaz quvuri, “BGR-TBAA” magistral gaz quvuri (MGQ) I, II tarmog‘ining qariyb 30 km, “Ohangaron-Pungon” va “Yangiyer-Ohangaron” magistral gaz quvurlarining 37 km uchastkasi, “Ohangaron-Olmaliq”, “Chirchiq-1” va “Chirchiq-2” gaz quvurlarining 97 km qismi kiradi. Bu quvurlarning 370 km qismi foydalanishga topshirilganiga 40 yildan 61 yilgacha vaqt o‘tgan, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan.

Hozirgi paytda Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududidan o‘tgan MGQlarning muhofaza maydonlarida “Qurilish me’yorlari va qoidalari” me’yoriy hujjatining 4-jadvali talablariga zid ravishda qurilgan 365 ta qurilma bor. Bularning 337 tasi aholi xonadoni, 8 ta noturar joy, 3 ta ishlab chiqarish obyekti, issiqxona, maktab va harbiy qismga tegishli qurilmalardir. Ularni xavfsiz joyga ko‘chirish haqida qurilma egalari ogohlantirib kelinadi va barchasi bo‘yicha  sud organlariga taqdimnomalar kiritilgan. 192 ta qurilmaga sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Lekin ijrosi ta’minlanmay kelinayotgani achinarli. (Mabodo biron kor-hol ro‘y bergudek bo‘lsa, darhol hodisa aybdorlari qidirish boshlanadi va javobgarlikka tortish choralari izlanadi.)

Ushbu raqamlarni hududlar kesimida tahlil qilsak, quyidagicha ko‘rinish oladi:

Qibray tuman hududidan o‘tgan “Yangiyer-Toshkent”, “Chirchiq 1”, “G‘azalkent”  MGQning muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 5-195 metrgacha masofada 117 ta qurilma bor. Ularning 113 tasi aholi xonadoni va 4 tasi noturar joy va 114 tasida kadastr hujjatlari mavjud. Qurilmalarning barchasi bo‘yicha sud organlariga taqdimnoma kiritilgan. Sudlar 42 ta qurilma bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan.
“DBST”, “Janubiy-G‘arbiy” MGQning Zangiota tuman hududidan o‘tgan qismi muhofaza maydonida, quvur o‘qidan 32-192 metr masofada 15 ta qurilma mavjud. Barcha qurilmalar sud organlariga berilgan va sudlarning hal qiluv qarorlari chiqarilgan. Qurilmalarning 14 tasi aholi xonadoni, 1 tasi ishlab chiqarish obyekti. Bularning barchasida kadastr hujjatlari bor.

“DBST”, “Yangiyo‘l” quvurlarining Yangiyo‘l tumanidan o‘tgan qismidagi muhofaza mintaqalarida quvur o‘qidan 15-179 metr masofada joylashgan 102 ta qurilmaning barchasini xavfsiz joyga ko‘chirish maqsadida sud organlariga berilgan. 57 ta qurilmaga sudning hal qiluv qarori chiqqan. Mazkur qurilmalarning barchasi aholi xonadonlari ekanligi achinarli. Kadastr hujjatlariga ega bu xonadonlar uchun afsuski xavf-xatar ham bor.

“DBST” MGQning Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi qismi muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 15-185 metr masofada 24 ta qurilma bo‘lib ularning 23 tasi aholi xonadoni, 1 tasi xarbiy qismga tegishli binodir.  Qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan va 14 tasiga sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Barcha qurilmalarda kadastr hujjatlari bor.

Parkent tumani - hududidan o‘tgan (diametri 1020 mm) “Sirdaryo-TashGRES” MGQning muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 8-180 metr masofada 6 ta qurilma mavjud va bu qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. 1ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan. Ushbu 6 ta qurilmaning 5 tasi aholi xonadoni, 1 tasi noturar joyni tashkil etadi.  Qurilmalarning 5 tasida kadastr hujjatlari bor.

Diametri 720 mm bo‘lgan “Ohangaron-Olmaliq” MGQning O‘rtachirchiq tumanidan o‘tuvchi qismida quvur o‘qidan 145 metrgacha bo‘lgan masofada 16 ta qurilma bo‘lib, bularning barchasi sud organlariga berilgan. 14ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Ushbu qurilmalarning 13 tasi aholi xonadoni, 3 tasi noturar joy. 14 tasida kadastr hujjatlari mavjud.

Yuqorichirchiq tumani - hududidan o‘tgan diametri 1220 mm “Yangiyer-Toshkent” MGQ muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 130-245 metr masofada 16 ta qurilma mavjud bo‘lib, ushbu qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. 1ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqgan. Ushbu 16 ta qurilmaning 15 tasi aholi xonadoni, 1 tasi noturar joyni tashkil etadi.

Quyichirchiq tumani - hududidan o‘tgan diametri 325 mm bo‘lgan “Qashqadaryo-Bo‘ka” MGQ muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 50-125 metr masofada 5 ta qurilma mavjud bo‘lib, ushbu qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. 3ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqgan. Ushbu 5 ta qurilmaning barchasi aholi xonadonlarini tashkil etadi va barchasida kadastr hujjatlari mavjud.

Bekobod tumani hududidan o‘tgan diametri 1020 mm bo‘lgan “Sirdaryo-TashGRES” MGQ muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 165-246 metr masofada 5 ta qurilma mavjud. Ushbu qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. Qurilmalarning hammasi aholi xonadonlarini tashkil etadi va barchasida kadastr hujjatlari bor.

Olmaliq shahar - hududidan o‘tgan diametri 325 mm “Olmaliq-1” magistral gaz tarmog‘ining muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 20-120 metr masofada 18 ta qurilma bo‘lib, hammasi aholi xonadonlari. Qurilmalarning barchasi bo‘yicha sud organlariga taqdimnoma berilgan. 9 ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ham bor. Qurilmalarning kadastr hujjatlari bor.

Toshkent tumanidan o‘tgan diametri 720 mm “Shimoliy” magistral gaz tarmog‘ining muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 0-130 metr masofada 10 ta qurilma mavjud bo‘lib, ushbu qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. 8 ta qurilma bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Qurilmalarning 7 tasi aholi xonadoni, 1 ta issiqxona, 2 ta ishlab chiqarish obyektini tashkil etadi. Qurilmalarning 8 tasida kadastr hujjatlari mavjud.

Oqqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan “Qashqadaryo-Bo‘ka” magistral gaz tarmog‘ining quvur o‘qidan 61-134 metr masofada 14 ta qurilma mavjud bo‘lib, hammasi aholi xonadonlariga tegishli. Kadastr hujjatlari ham mavjud qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan.

Bo‘ka tumani - hududidan o‘tgan “Qashqadaryo-Bo‘ka” magistral gaz tarmog‘ining muhofaza mintaqasida, quvur o‘qidan 50-91 metr masofada 3 ta aholi xonadonlariga tegishli qurilma bor va kadastr hujjatlariga ega. Qurilmalarning barchasi sud organlariga berilgan. Ushbu 3 ta qurilmaning barchasi aholi xonadonlarini tashkil etadi.

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani - hududidan o‘tgan diametri 1220 mm “Yangiyer-Ohangaron”, diametri 1020 mm bo‘lgan “Sirdaryo-TashGRES”,   MGQlarning muhofaza mintaqasida quvur o‘qidan 25-287 metr masofada joylashgan 14 ta qurilma bo‘lib, ularning barchasi sud organlariga berilgan. 9 ta qurilmaga sudning hal qiluv qarori bor. Qurilmalarning 11 tasi aholi xonadonlari, 2 tasi noturar joy, 1 tasi “Avtotexxizmat”ga tegishli. 12 tasida kadastr hujjati bor. Bu qurilmalar atrofida mavjud xavf-xatar to‘g‘risida ularning egalariga bir necha bor ogohlantirish berilgan bo‘lsada, ularni xavfsiz joyga ko‘chirish bilan bog‘liq harakatlar boshlanmay kelinmoqda.

MGQlari bilan qurilmalar orasida qancha masofa bo‘lishi kerakligi va quvurlar atrofidagi qurilmalarga mavjud xatar to‘g‘risida "O‘zA", "Kun.uz", “Odil Sudlov” saytlarida, "Jamiyat" va "Qishloq hayoti" gazetalarida maqolalar e’lon qilindi. "Yoshlar" telekanalining "Davr" dasturida, "Reportaj plyus" ko‘rsatuvlarida telelavhalar efirga uzatilgan. Lekin OAVda shu mavzudagi targ‘ibot-tashviqot materiallari ham hozircha kutilgan natijani bermayapti.

Возврат к списку