jins

Uztransgaz

24.01.2020

2.jpgQish mavsumida respublikamiz iste’molchilarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyatining “Urganchtransgaz” Unitar korxonasiga qarashli magistral gaz quvurlari tarmog‘idagi mavjud nuqsonlar, cho‘l sharoitidagi murakkab ob-havoga qaramay qisqa muddatlarda ta’mirlanib ishga tushirilmoqda. Jumladan, Xo‘jeyli sanoat maydonining Gazli-Nukus magistral gaz quvurlaridagi tizimdan ajratilgan 1-tarmoq 120-238 kilometri (118 km) qismida ta’mirlash ishlari 2 kun muddatda tugallanib, tizimga ulanishiga erishildi. Qo‘ng‘irot MGQBga qarashli SAS-2 magistral gaz tarmog‘ining 23-77 kilometrlaridagi quvurlar nuqsonlar mavjudligi tufayli gaz transport tizimidan ajratilgan edi. Ushbu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida 2 navbatda ish tashkil etildi va olib borilgan tadbirlar 1 kun muddatda amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston Respulikasi gaz transport tarmog‘iga Qozog‘iston gaz transport tizimidan soatiga 600 ming metr. kub tabiiy gazni tranzit qilish imkoniyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi gaz transport tizimining imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida Buxoro-Ural magistral gaz quvurlarining 3-tarmoq 147-160 kilometri orasidagi 13 km masofada ta’mirlash ishlari olib borildi. Bu tadbir yakunlanib tarmoqqa ulangach, Gazli MGQB yo‘nalishidagi gaz quvurining o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 650 ming kub.metrga yetkazildi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

 “O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку