Magistral gaz quvurlarining muhofaza maydonlaridagi qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
Uztransgaz
08.07.2025
Bugungi kunda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining muhofaza hududida jami 2 856 ta qurilma mavjud
Bu haqda АOKАda oʼtkazilgan brifingda "Oʼztransgaz" АJ departament boshligʼi Oʼtkir Nuriddinov maʼlum qildi.
Umuman olganda, 2025-yil 1-yanvar holatiga “Oʼztransgaz” АJning tasarrufidagi magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining muhofaza zonasida jami 2 885 ta qurilma mavjud edi. Joriy yilning 1-iyul holatiga ushbu qurilmalar sonini 40 taga kamaytirishga erishildi.
2 489 tasi aholi xonadonlari, 237 ta noturar bino va inshootlar, issiqxonalar - 77 ta, ishlab chiqarish obʼektlari - 32 ta, fermer xoʼjaliklariga tegishli binolar - 10 ta.
Muhofaza hududlaridagi mavjud qurilmalarning 742 tasida kadastr hujjatlari bor.
Qurilmalarning 1 411 tasi boʼyicha sudlarga xat kiritilgan.
Sudga berilgan qurilmaning 1 068 tasiga hal qiluv qarori chiqarishga erishilgan. Аyni kunlarda qolgan 1 434 ta qurilmani sud organlariga berish boʼyicha hujjatlarini jamlash ishlari olib borilmoqda..