jins

Uztransgaz

29.10.2024



Uning atroflarida muhofaza zonalari belgilangan va bu joylarga har-hil turdagi qurilmalar qurish qat'iyan ta'qiqlanadi! 

Joriy yil boshida yuqori bosimli quvurlar atrofidagi qurilmalar soni 3,5 mingdan ortiqni tashkil etardi. Ularni xavfsiz maydonlarga ko‘chirish maqsadida "O‘ztransgaz" AJ mutaxassislari tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirildi. 

Buxoro viloyatida “Sohibkor” GTSga keluvchi diametri 720 mm bo‘lgan quvurni 1,5 km yangi quvurga o‘zgartirilishi natijasida 106 ta qurilma muhofaza maydonidan chiqarilgani bu boradagi ishlarga bir misoldir. 

Umuman olganda bu yilgi tadbirlar natijasida magistral gaz quvurlari atrofidagi 498 ta qurilma potensial xavfdan holi hududga o‘tdi. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatgichni yanada oshirish uchun harakatlar davom etmoqda. 

Возврат к списку