Maqsad magistral gaz quvurini korroziyadan himoyalash hamda tejamkorlikka erishish
Uztransgaz
20.06.2023

Samarqand MGQB Elektrokimyoviy himoya, elektr va suv ta’minoti xizmati ishchi xodimlari tomonidan “Sho‘rtan-Sirdaryo” hamda “Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” magistral gaz quvurida elektrokimyoviy himoyalash stansiyalarining holati to‘liq taftishdan o‘tkazildi. Bundan tashqari elektrokimyoviy himoyalash qurilmalari, transformatorlar holati, elektr havo tarmoqlarda joriy ta’mirlash tadbirlari o‘tkazildi. Pirovard maqsad esa magistral gaz quvurini korroziyadan himoyalash, elektr energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish hamda tejamkorlikka erishishdir.

