"Markaziy Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurida ichki diagnostikasi ishlari amalga oshirilmoqda
Uztransgaz
30.09.2024
“Urganchtransgaz” UK tomonidan "Markaziy Osiyo-Markaz" magistral gaz quvuri 3-tarmog‘ining 68-kilometrigacha bo‘lgan qismida shu paytga qadar quvur ichki qismini tozalash ishlari bo‘lmagan edi. Boisi, tarmoqda porshen yuborish va qabul qilish kameralari bo‘lmagan. Joriy yilgi kuz-qishga tayyorgarlik doirasida porshen yuborish va qabul qilish qurilmalari qurildi va ayni paytda quvur ichki diagnostikasi ishlari amalga oshirilmoqda.

Ichki diagnostikani o‘tkazish natijasida magistral gaz quvurlarning nuqsonli qismlarni aniqlanadi. Ularni zudlik bilan almashtirish hisobiga tarmoq barqarorligi va ishonchliligi oshirilib, tabiiy gazni isteʼmolchilarga yetkazib berishda samaradorlikka erishiladi.