Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uztransgaz
30.10.2023

Toshkent MGQBda “Obyekt ishchi-xizmatchilari, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzuida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bu mashg‘ulotlar boshqarma ishchi-xodimlarining favqulodda holatlarga qay darajada tayyorliklarining sinovi sifatida ahamiyatli.
