jins

Uztransgaz

01.05.2024


Tizim tashkilotlarida o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi Akchalok MGQBda tashkil etildi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining yig‘ini va saf ko‘rigi, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda dispetcherning vazifasi, zilzila natijasida gaz haydash agregatida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish, zilziladan jabrlanib ish joyida qolib ketganlarga birinchi yordam ko‘rsatib xavfsiz joyga evakuatsiya qilish kabi harakatlar amalda sinovdan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot yakunida ishchi xodimlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida qo‘shimcha maʼlumotlar berildi.



Возврат к списку