Mehnat muhofazasi - muvaffaqiyatlar omili
Uztransgaz
10.06.2022
"O‘ztransgaz" AJning tizim korxonalarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish borasidagi tadbirlar muntazam amalga oshirib kelinadi. Zero, soha faoliyati jarayoni mutaxassislardan o‘ta ehtiyotkorlik va tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishni talab etadi. Keyingi paytlarda tizim korxonalarida bu masalalarga eʼtibor yana-da ortgan. Zero inson hayoti va salomatligi har narsadan muhim.

Samarqand MGQBda ishchi xodimlar uchun yangi himoya vositalari hamda yong‘in o‘chirish vositalari xarid qilindi. Korxonada Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarini taklif etgan holda ishchi-xodimlar uchun tadbir o‘tkazildi. Unda himoya vositalari va yong‘in o‘chirish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi, ko‘rgazmali tushuntirish ishlari olib borildi.