"Mehnat muhofazasi - xavfsizlik omili"
Uztransgaz
14.06.2022
"O‘ztransgaz" AJ tizimida strategik obyektlar qatoriga kiruvchi korxonalar ko'p. Bunday korxonalarda mehnat qilayotgan xoh u ishchi va yoki xodim bo‘lishidan qatʼiy nazar faoliyat davomida o‘ta ogoh va ziyrak bo‘lishi talab etiladi. Ish jarayonida o‘zi masʼullik qiladigan vazifaga vijdonan yondashuv, muhandislik inshootlaridagi har bir ehtiyot qism va murvatlar soz holatda ishlashini muntazam nazorat qilib borish zaruriy ehtiyojdir.

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida o‘tkazilgan "Mehnat muhofazasi - xavfsizlik omili" mavzusidagi yig‘ilishda yuqoridagi fikrlar diqqat markazida bo‘ldi. Unda boshqarma rahbariyati ishchi-xodimlar bilan bir davrada texnika xavfsizligi bo‘yicha suhbatlashdi. Uskunalarning sozligi va kamchiliklar yo‘qligiga ishonch hosil qilingan holda faoliyat olib borish, har bir ishchi xodim masʼuliyatni xis qilgan holda sinchkovlik va eʼtiborli bo‘lib ishlashi zarurligi taʼkidlandi. Bu borada fikr-mulohazalar tinglandi.