Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 xodimga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi — “O‘ztransgaz”
31.10.2022
AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Tolib Rahmatov mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “O‘ztransgaz” tizimida komplayens-nazorat bo‘limi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida ma’lumot berilgan. O‘tgan davr mobaynida aksiyadorlik jamiyati komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan 13 marta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berilgan. 2 ta holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuraturaga taqdim etilgan.