jins

Uztransgaz

08.05.2023

Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-iyulda imzolangan “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra O‘zbekistonda neft-gaz sanoati isloh  qilinishi munosabati bilan, «O‘ztransgaz» AJ tizimida normativ hujjatlar ishlab chiqilishini takomillashtirish va tizimlashtirish boshlangan edi. Jamiyat ijroiya apparatining Metodologi hamda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamentlari rahbarligi ostida tarkibiy korxona, tashkilot va bo‘linmalarning Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limida mehnat qilayotgan mutaxassislar ishtirokida “O‘ztransgaz AJda mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya boshqaruvining yagona tizimi”ni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati ishlab chiqildi.

"O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati hamda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar uning barcha tarkibiy korxona, tashkilot va bo‘linmalarida mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya (atrof-muhitni muhofaza qilish) sohalarida kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu yo‘nalishlarda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish va yuritishning yagona tartibini belgilovchi 13 bo‘lim, 42 band va 50 dan ortiq ilovalardan iborat mazkur normativ hujjat loyihasi o‘zbek va rus tillarida (lotin va kirill yozuvlariga asoslangan alifbolarda) ishlab chiqildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari bilan kelishuvlar asosida amalga oshirildi. Jamiyatning tegishli buyrug‘i bilan "O‘ztransgaz"AJda Mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya boshqaruvining yagona tizimi”ni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati tasdiqlanib amaliyotga joriy etildi. Endi u kitob shaklida har bir tarkibiy tuzilmalarga yetkazib beriladi.

Mazkur kitob “Sahhof” nashriyotida 1500 nusxada chop etildi.

Возврат к списку