jins

Uztransgaz

02.05.2025

O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik madaniy merosi, betakror hunarmandchiligi va estetik didi timsoli bo‘lgan do‘ppi, atlas, adras, zardo‘z choponlar bugun ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. Bular nafaqat tariximiz yodgorligi, balki milliy o‘zligimiz, or-nomusimiz va g‘ururimiz ifodasidir.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida har juma kuni xodimlarning milliy kiyimlarda ishga kelishi an’anaga aylanib bormoqda. Bu ezgu tashabbus xodimlar orasida iliq kutib olinib, jamoalarda milliy qadriyatlarni hurmat qilish, ularni amalda e’tirof etish, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy uyg‘onish ruhini kuchaytirmoqda.

Milliy kiyimlardagi fotolavhalar orqali bu tashabbusning naqadar chiroyli, ruhlantiruvchi va faxrli ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Ana shunday an’analar orqali biz milliy qadriyatlarimizni asraymiz, ularni zamonaviy muhitda barqaror saqlab qolamiz va kelajak avlodlarga boy ma’naviy meros sifatida yetkazamiz.

Возврат к списку