MODERNIZATSIYA JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Uztransgaz
31.08.2022

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan "2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi" doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

SATs II tarmog‘ida 80 km masofada quvur qurilishi jarayonida 140 nafarga yaqin ishchi-xodim va 100 ga yaqin texnika vositalari jalb etilgan holda ishlar amalga oshirilyapti. Shu kungacha tarmoqda montaj qilingan diametri 1220 mm bo‘lgan quvur uzunligi 62 kilometrdan ortiqni tashkil etmoqda. Shuning 45 kilometrga yaqini transheyaga yotqizib bo‘lindi.
