Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Uztransgaz
05.03.2025

Tadbirda ishchi xodimlarning AYQSH sig’imi yorilishi natijasida yuzaga kelgan shartli yong’inni bartaraf etish hamda kompressor sexi gaz haydash agregatining konteynerida gaz sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo’yicha harakatlari bajarildi. Mashg‘ulotlarda ishchi xodimlarning favqulodda holatlarga shayligi sinovdan o‘tkazilib, baholandi.





