jins

Uztransgaz

13.09.2022

Boshqarmada 31 banddan iborat rejaga ko‘ra tiklash, taʼmirlash, texnik ko‘rik va profilaktik ishlar amalga oshirildi. Xususan, GSS-0 kompressor stansiyasi hududidagi yer osti gaz quvurlarining texnik holatini o‘rganish maqsadida 24 ta nuqtada  o‘lchami Ø700-1000mm gacha bo‘lgan gaz quvurlari ochilib, izolyatsiya qoplamalari hamda quvur qalinligi o‘rganildi. O‘lchami Ø1000 mm bo‘lgan Muborak-Zirabuloq magistral gaz quvurining I tarmog‘iga boruvchi qismida nuqsonli joylar mavjudligi maʼlum bo‘ldi. 

Nuqsonli quvur 0,8 km bo‘lib, 200 metr quvurni almashtirish, 600 metr quvur taʼmirlash zarurligi aniqlandi. Magistral gaz quvurlarini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida nuqsonli quvur to‘liq to‘xtatilib, “O‘ztransgaz” AJ bilan kelishgan holda ish-rejasi belgilandi. Hozirda 203 metr masofada gaz quvuri to‘liq ochildi. Quvur demontaj qilinib o‘rniga yangi quvur yotqizish ishlari olib borilyapti.


Возврат к списку