jins

Uztransgaz

11.10.2024

Magistral gaz tarmoqlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlari doirasida “Muborak-Yangiyer” magistral gaz quvurining 153 km qismi diagnostika qilinmoqda. 

Quvur ichki yuzasini tozalovchi porshen qurilmasi tarmoqning 105-kilometrida Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan yuborilgan bo‘lsa, 258-kilometrda  G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari uni muvaffaqiyatli qabul qilib olishdi. 

Tadbir davomida diagnostika natijasida aniqlangan nuqsonli qismlarni almashtirish choralari ko‘riladi. Bu ishlar jarayonida yo‘nalish bo‘ylab tabiiy gaz uzatish yondosh quvurlar orqali amalga oshirilmoqda. 

Возврат к списку