"Mubоrаk-Zirabuloq" quvurining luping‘ qismi kapital ta’mirlanmoqda
Uztransgaz
22.05.2024

"O'ztransgaz" AJning 2024-yil uchun tasdiqangan kapital ta'mirlash manzilli dasturi doirasida diametri 1020 mm "Muborak-Zirabuloq" magistral gaz quvurining luping qismi kapital ta'mirlanmoqda. Pudratchi "Transgazmaxsusqurlishi" AJ tomonidan gaz quvurining 32 km qismi Sho'rsoy uchastkasidagi nuqsonli joylari yangi quvurlarga almashtirilmoqda. Shu kunga qadar obyektga 1 000 metrdan ortiq quvurlar olib chiqilib shundan 200 metrga yaqin qismi montaj qilindi. Qurilish maydonida 12 nafar mutaxassis 10 ta maxsus texnika vositasidan foydalangan holda ish olib bormoqda.

