jins

Uztransgaz

19.10.2021


G‘allaorol MGQB tomonidan 1350 kmga yaqin magistral gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatiladi. Ushbu quvurlar va KS-3 himoya maydonida 500 dan ortiq noqonuniy qurilmalar borligi, achinarli holdir. Mavjud xavfdan ogohlantirish maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilyapti. 

Xususan, mavjud noqonuniy qurilmalardan 288 tasining hujjatlari fuqarolik sudlariga topshirilgan. 187 ta hujjatga sudning hal qiluv qarorlari chiqarilib, 174 ta qurilmaga nisbatan chiqarilgan sudning ijro varaqalari Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarinihg tegisnli tumanlari sud ijro departamentlariga yuborilgan. 237 ta qurilmaga nisbatan fuqarolik sudiga topshirish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.


2021 yil davomida Payariq, Do‘stlik, Mirzacho‘l, G‘allaorol, Zarbdor tuman hokimlari, tuman yer mulk kadastr va arxitektura bo‘limlariga magistral gaz quvuri himoya maydoni bo‘yicha xatlar yuborildi. Mirzacho‘l, Do‘stlik tumanlari kadastr bo‘limlarining navbatchi xaritasiga magistral gaz quvurlari o‘tkazilgan joylar tushirilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi. 608 ta yerdan foydalanuvchiga ogohlantirish xati tarqatilgan va dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. “Jizzax haqiqati” va “Yangi Sirdaryo” gazetalarida havfdan ogohlantiruvchi e’lonlar chop etildi. 

Тarg'ibot ishlari shu kunlarda ham davom ettirilmoqda. G‘allaorol tumani Mullabuloq qishlog‘i aholisi uchun o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidan.

Возврат к списку