Muhofaza maydonlaridagi qurilmalar uchun mavjud xavf haqidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Uztransgaz
08.11.2022
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi №06/30-99-sonli xati va Buxoro viloyat FVBning 2022-yil 1-noyabr kungi 2/14-2783-sonli ko‘rsatmasida magistral gaz quvurlarining muhofaza maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar holati, ularni bartaraf etish hamda magistral gaz quvurlari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

Shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi masʼullari Buxoro shahar, Romitan tuman FVV xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti. Mahalla fuqarolar yig‘inlarida va xonadonlarda magistral gaz quvurlari atrofidagi qurilmalarning bo‘lishi ne chog‘li xavfli ekanligi, ularni xavfsiz joyga ko‘chirish zarurati haqida tushuntirish berilmoqda.