Mukammal taʼmir uchun po‘lat quvurlar olib kelindi
Uztransgaz
30.05.2024

Jizzax viloyati "Paxtakor" temir yo‘l vokzaliga keltirilgan po‘lat quvurlar G‘allaorol MGQB maxsus texnikalari yordamida magistral gaz quvurlarining nuqsonli uchastkalariga yetkazib berildi.

"BGR-TBA-A" va “Paxtakor-Yangiyer” magistral gaz tarmog‘ining nuqsonli qismlarini mukammal taʼmirlashda diametri 1020 mm bo‘lgan ushbu quvurlardan foydalaniladi.
