jins

Uztransgaz

31.08.2022

Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘ldilar. Ular safida iqtisodiyot va ijtimoiy soha xodimlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ilg‘orlari, huquq-tartibot idoralari vakillari bor.

Buxoro viloyat hokimligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyat farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizga mukofotlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Mukofotlanganlar orasida uzoq yillik tajribali va fidoyi rahbar, Gazli MGQB boshlig‘i Shuhrat Haydarov ham bor. Tadbirda unga  “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

Возврат к списку