MUNOSABAT
Uztransgaz
04.04.2023
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli "Xo‘ja-Xasan" GTS Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan bo‘lib, GTSdagi sanoat kollektoridan tadbirkorlik subyektlarining 3 ta AGTKSH va 3 ta issiqxona xo‘jaligiga tabiiy gaz yetkazib beriladi.
"O‘zenergoinspeksiya"ning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan nazorat tadbirida“Xo‘ja-Xasan” GTSH sanoat kollektoriga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani maʼlum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd so‘mni tashkil etgan ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparatida Boshqaruv raisi v.v.b A.Isoqjonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu holatga alohida to‘xtab o‘tildi. Ayni hodisa "O‘ztransgaz" AJ tizimi faoliyatida o‘z burchiga vijdonan yondashmaslik oqibatida yuz bergan salbiy holat va vatanga xiyonat ekanligi qayd etildi. GTSHlar va ularda ishlayotgan operatorlar faoliyatining nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi. Har bir GTSni videokuzatuv uskunalari yordamida markazda kuzatib turish imkoniyatini ishga tushirish haqida tegishli xizmatlarga ko‘rsatma berildi. Aybdorlar jazosini olishi muqarrarligi, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralar ko‘rilishi zarurligi uqtirildi.